Ma'lumot

FAOLLANGAN KAOLINDA METANOL ADSORBSIYASI

D.K.Xandamova1, Sh.P.Nurullayev1, X.M.Toshboyev2


Maqolada faollangan Angren oq kaolinga metanol adsorbsiya izotermalari turli
293K, 303K va 313K haroratlarda o’rganilgan. 293K da olingan adsorbsiya izotermalari asosida BET
bo‘yicha adsorbent solishtirma sirt maydoni S = 94,6•10-3 m2/kg ga teng ekanligi aniqlangan.
Adsorbentning mikrog‘ovak W0 = 19,8•10-3 м3/kg va mezog‘ovak hajmlari Wme=6,6•10-3 m3/kg ni
tashkil etgan.
Izosterik diferensiyal adsorbsiya issiqligi 3 xil haroratda adsorbsiya izotermalari asosida
hisoblangan. Adsorbsiya issiqligining maksimal qiymatida (Qmax = 68,0 kJ/mol) metanol
adsorbentdagi protonlar bilan o‘zaro adsorbent-adsorbat tasirlashuvi tufayli sodir bo‘lganligi
ko‘rsatilgan. Bu ion – molekulyar komplekslar hosil bo‘lishi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Faollangan
kaolinida metanol adsorbsiya issiqligi to‘lqinsimon ko’rinishga ega ekanligi bilan xarakterlangan.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v3.1332.751

Sahifalar soni 01-8 | 102 Ko'rishlar | 81 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish