Ma'lumot

SODIRXON HOFIZ BOBOSHARIFOV HAYOTI VA IJODI

N.Pirmatova


Respublikamiz mustaqillikka erishgach benazir musiqiy merosga bo`lgan
munosabat, ularni ta’lim tizimiga joriy qilish ayni muddaodir. Ayniqsa, maxsus bilim yurtlarida bu
an’anani o`qitishning yo`lga qo`yilishi va shunga mos tarbiya yosh avlod kamoloti yo`lida qilingan
vazifalar sirasiga kiradi. Bunga e’tibor berilgandan so`ng, ko`p vaqt o`tmay an’anaviy musiqamizni
o`zlashtirish, ya’ni xalq ashulalariga, maqomlarga qiziqish yildan-yilga yoshlarimiz orasida ko`payib
bormoqda. Bundan tashqari an’anaviy ijrochilik yo`nalishida serqirra ijod qilib, uning rivojiga va
avloddan avlodga etkazilishiga o`zining xissasini qo`shgan ijodkorlarni o`rganish ham muhim.
Qadimdan maqom ijrochiligining rivojlanishiga bir qancha xofizu, sozandalar o`z xissalarini
qo`shganlar. Go`zal ovozi, betakror ijrosi, bastakorlik ijodi bilan maqomlarimizni yanada mukammal
shaklga keltirganlar. Ana shunday ijodkorlardan biri Sodirxon xofiz Bobosharifov bo`lib, ushbu
maqolada uning hayoti va ijodi yoritiladi.



https://doi.org/10.59251/2181-1296.v2.1322.46

Sahifalar soni 01-8 | 127 Ko'rishlar | 81 Yuklab olishlar

To'liq maqolani yuklab olish