Published October 18, 2023 | Version v1
Journal article Open

OʻZBEK SHEVALARINING OʻRGANILISHI VA DIALEKTAL LUGʻATLARNING AHAMIYATI HAQIDA

Description

Lugʻat tilning boyligi va jozibasini koʻrsatuvchi, uning xazinasini saqlovchi va imkoniyatlarini ochib beruvchi vosita sanaladi. Yoʻqolib borayotgan til va dialektlarning soʻz boyligini asrab qolishda, keyinchalik ularni oʻqib-oʻrganish va tadqiq qilishda lugʻatlarning ahamiyati juda katta. Shuning uchun ham lugʻatlar millat xazinasidir. Ularni tuzish doimo dolzarb, birlamchi vazifa hisoblanib kelingan. Lugʻatlar vositasida dunyoning klassik tillari (lotin, yunon, sanskrit, ibroniy, soʻgʻd) qayta "tiriltirilib", foydalanib kelinmoqda. Xalqaro ilmiy terminlarni tahlil qiladigan boʻlsak, qadimda yaratilgan lugʻatlarning ahamiyati qanday ekanligiga amin boʻlamiz. Bugungi kunda oʻzbek xalq sheva va lahjalarining yoʻqolib borayotgani va kam tadqiq etiloyotganligini hisobga olib, dialektologiya fanini rivojlantirishimiz hamda, eng muhimi, shevaga xos birliklarlarning lugʻatlarini yaratish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Bu kichik tadqiqotimizda oʻzbek sheva va lahjalarning tadqiqi boʻyicha qisqacha tadriji hamda dialektal lugʻatchiligi tarixi, tiplari va oʻz oldiga qoʻygan muhim masalalariga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, bugungi kunda oʻzbek dialektologiyasi fani oldidagi dolzarb vazifalar haqida fikr yuritilgan.

Files

30-40.pdf

Files (362.3 kB)

Name Size Download all
md5:f7b347de4185b9357c7fc2293213159c
362.3 kB Preview Download